Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida BMTning Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini (keyingi o‘rinlarda – BRM) izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 20-oktabrda 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125ta vazifalar tasdiqlandi.

 

Barqaror rivojlanish maqsadlari – kambag‘al, boy va o‘rtacha rivojlangan barcha mamlakatlar tomonidan harakatga chorlovchi o‘ziga xos da’vatdir. Ular bizning sayyoramizning farovonligi va himoyasini yaxshilashga qaratilgan. Dunyo mamlakatlari qashshoqlikni bartaraf etish choralari iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlikni ta’minlash, shuningdek, iqlim o‘zgarishi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar bilan birgalikda qabul qilinishi zarurligini tan oladilar.