Pandemiyadan oldin, aksariyat mamlakatlarda aholining eng quyi 40 foizining daromadlari mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq o‘sgan. Pandemiya oqibatlari va dunyo mintaqalaridagi notekis tiklanish bu tendentsiyani bekor qilish va global tengsizlikni yanada kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda. Rekord miqdordagi odamlar mojarolar va iqtisodiy qiyinchiliklardan qochishga majbur. 2022- yilning o‘rtalariga kelib, dunyodagi har 251 kishidan biri qochqin bo‘lgan, bu tarixda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 10-maqsadga erishish ish haqi tengsizligi va mamlakat ichida va davlatlar o‘rtasida resurslardan tengsiz foydalanishning asosiy sabablarini bartaraf etish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni talab qiladi.

Mustaqillik yillarida jamiyatning keskin ijtimoiy tabaqalanishini oldini olish maqsadida O‘zbekistonda aholining ayrim qatlamlari daromadlarining tabaqalanishini maqbul darajada ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

O‘zbekistonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijalari aholi daromadlarini tabaqalashtirishning optimal darajada izchil pasayishi va barqarorlashuviga yordam berdi. Shunday qilib, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarining 10 foiz daromadlari nisbati – pasayish koeffitsiyenti 2001-yildagi 21,1 martadan 2020-yilda 6,9 barobarga kamaydi. Ushbu davrda aholi daromadlari tabaqalanishining yana bir ko‘rsatkichi – kvint koeffitsiyenti 2001-yildagi 9,9 martadan, 2020-yilda esa 4,5 baravar kamaydi.

Jahon amaliyotida daromadlar tabaqalanishini tavsiflovchi umumiy qabul qilingan ko‘rsatkich – Jini indeksi (BMT tomonidan tavsiya etilgan boshlang‘ich qiymati – 0,35-0,37ga va optimal darajasi 0,25-0,26ga  teng) O‘zbekistonda 2001-2020-yillarda 0,395dan 0,276ga pasaygan.

Shu bilan birga, mamlakat ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning mintaqaviy nomutanosibligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Toshkent shahrining aholi jon boshiga YaIM Surxondaryo viloyatiga nisbatan 4 baravar yuqori.

Iqtisodiy o‘sish natijalarining teng taqsimlanishini ta’minlash uchun, O‘zbekiston aholining kam ta’minlangan 40 foizi daromadlarining o‘sishini respublika o‘rtacha darajasidan yuqori darajaga yetkazishga intiladi.

Milliy vazifalar

10.1-vazifa. 2030- yilgacha aholining eng kam ta’minlangan 40 foizi daromadlarining mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan oshishiga erishish va daromadlari o‘sishini qo‘llab-quvvatlash.

10.2-vazifa. Barcha odamlar, ularning yoshi, jinsi, nogironligi mavjudligi, millati, dini va ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qonunchilik yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

10.3-vazifa. Qonunchilikning kamsitishga qarshi me’yor va qoidalarining amalda, ayniqsa, aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga nisbatan to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash.

10.4-vazifa. Tegishli siyosatni, ayniqsa, byudjet-soliq siyosatini hamda ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha siyosatni qabul qilish, asta-sekin ko‘proq tenglik ta’minlanishiga erishish.

10.7-vazifa. Tartibga solingan, xavfsiz, boshqariladigan mehnat migratsiyasi va samarali migratsiya siyosatiga ko‘maklashish.

Milliy ko'rsatkichlar

MILLIY KO'RSATKICHLAR 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
1 Indikator 10.1.1. Aholining eng kambag‘al 40 foizi va umumiy aholi o‘rtasida jon boshiga uy xo‘jaliklari xarajatlari yoki daromadlarining o‘sish sur’ati (foizda).                                                
  a) aholining eng kambag‘al 40 foizi o‘rtasida aholi jon boshiga daromadlarning o‘sish sur’ati; - - - - - 136,8 131,6 136,6 142,7 146,2 148,2 148,1 140,7 136,9 138,3 135,6 125,6 119,0 118,5 116,9 114,9 122,4 123,4 124,7
  b) jami aholi o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sish sur’ati. 155,8 149,8 142,4 123,4 117,3 124,8 131,5 128,4 133,5 132,5 129,2 133,6 119,6 119,2 114,0 113,7 114,9 117,7 124,8 119,3 111,3 122,7 119,8 112,6
2 Indikator 10.2.1. O‘rtacha daromadning 50 foizidan past daromadli odamlar ulushi, yoshi va jinsi bo‘yicha. 25,8 21,9 21,0 22,0 22,2 22,3 21,4 14,9 16,5 15,9 12,7 11,5 11,6 11,0 8,8 8,6 8,2 8,1 7,8 9,1 10,0 10,7 9,0 9,6
3 Indikator 10.3.1. So‘nggi 12 oy ichida shaxsan o‘zlari duch kelgan kamsitish hollari yoki insonning xalqaro huquqlari asosida taqiqlangan ta’qibga uchraganligi to‘g‘risida xabar bergan odamlar ulushi. 7) - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - 9,5 -
4 Indikator 10.4.1. Yollanma ishchilar ish haqining YAIMga nisbatan foizdagi ulushi. 9) 35,1 34,7 33,6 31,7 29,8 30,7 29,8 29,9 29,0 29,2 24,7 24,8 26,8 27,3 25,8 25,3 25,3 22,5 22,4 24,8 24,6 25,3 26,1 -
5 Indikator 10.7.1. Ishchining ishga joylashish xarajatlarining ishlayotgan mamlakatdagi uning oylik daromadidagi foizdagi ulushi:                                                
  Rossiya; - - - - - - - - - - - - - - - - - 24,8 26,2 27,4 22,0 24,9 23,3 20,8
  Qozog‘iston; - - - - - - - - - - - - - - - - - 6,7 6,8 7,0 5,0 11,7 7,9 8,5
  Turkiya; - - - - - - - - - - - - - - - - - 9,1 9,6 9,8 8,3 14,6 12,9 10,6
  Janubiy Koreya. - - - - - - - - - - - - - - - - - 6,7 5,9 6,1 8,8 11,7 7,3 6,4
6 Indikator 10.7.2. Mehnat migrantlarining umumiy sonida, mamlakatdan chiqib ketishda ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan va ishchilarni tashkillashtirilgan ishga qabul qilish bo‘yicha chiqib ketgan mehnat migrantlarining ulushi (foizda). - - - - - - - - - - - - - - - - - 0,15 2,0 5,6 8,2 9,8 10,6 9,2

7) MICS kuzatuvi natijalari bo‘yica 15-49 yoshdagi ayollar hisobga olingan

9) Alohida yillar bo‘yicha ma’lumotlar qayta hisoblangan

Yuklab olish (XLS, 90 КВ)