Dunyo iqlim falokati arafasida turibdi va inqirozni bartaraf etish uchun ko‘rilgan va rejalashtirilgan choralar etarli emas. Agar hozirda transformatsion choralarni ko‘rilmasa va joriy o‘n yil ichida barcha sohalarda issiqxona gazlari chiqindilarini sezilarli darajada va tezkor ravishda kamaytirishga erishilmasa, unda haroratning 1,5 °C gacha ko‘tarilishini va shu bilan birga 3 milliarddan ortiq odamning hayotini saqlab qolish maqsadiga erishish xavf ostida bo‘ladi. Harakatsizlik issiqlik to‘lqinlari, qurg'oqchilik, suv toshqini, o‘rmon yong'inlari, dengiz sathining ko‘tarilishi va ommaviy ochlik darajasining oshishiga olib keladi. Hozirda chiqindilar kamayishi va 2030- yilga kelib deyarli yarmiga kamayishi kerak edi. Iqlim o‘zgarishi va uning ta’siriga qarshi kurashish uchun 2030- yilgacha iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida Parij kelishuvida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun transformatsion choralar ko‘rish zarur.
Tabiiy ofatlar natijasida halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni 100 ming kishiga kamaydi: 2005-2015- yillarda 1,64 dan 2012-2021- yillarda 0,86 gacha. Shu bilan birga, tabiiy ofatlar natijasida jabrlanganlar soni 100 ming kishiga 2005-2015- yillarda 1198 kishidan 2012-2021- yillarda 2113 kishiga ko‘paydi.
Global haroratning ko‘tarilishi 2021- yilda rekord darajaga etgan global issiqxona gazlari chiqindilarining ko‘payishi tufayli allaqachon 1,1 °C ga yetdi. 2022- yilgi Real vaqt ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, chiqindilarni ko‘paytirish tendentsiyasi davom etmoqda.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. 1880-yildan boshlab mamlakatda o‘rtacha yillik harorat Selsiy bo‘yicha 1,6 darajaga oshdi (13,2dan 14,8 darajagacha), bu sayyoradagi o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan oshib ketdi. 2030-2050-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida havo harorati yana 1,5-3 darajaga ko‘tarilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu yerda havo haroratining eng katta o‘sishi Orol dengizi mintaqasida kutilmoqda, chunki Orol dengizining qurishi tufayli o‘ziga xos mahalliy iqlim o‘zgarishlari ham sodir bo‘ladi.
Ushbu jarayon natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining farovonligini oshirish va qishloq xo‘jaligining YaIMdagi ulushi yuqori bo‘lgan O‘zbekistonning rivojlanishi uchun ma’lum xavflarni uyg‘otadi.
Harorat sharoitining keskin o‘zgarishi, suv resurslarining pasayishi, tabiiy ofatlarning ko‘payishi va qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi pasayishi mintaqamizning barqaror rivojlanishi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi ta’siri nomutanosib ravishda eng zaiflarga ta’sir qiladi
Aholining uchdan bir qismi tabiiy gidrometeorologik ofatlar (qurg‘oqchilik, sel, ko‘chkilar, toshqinlar,qor, ko‘chkilar, sovuqlar, chang bo‘ronlari, issiqlik to‘lqinlari) hududlarida istiqomat qiladi, bu yerda yog‘ingarchilik, harorat va bug‘lanish tufayli vaziyat yomonlashishi mumkin. Ushbu muammolar har yili jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga, odamlarning ichki migratsiyasiga olib keladi, infratuzilmani buzadi va qishloq xo‘jaligida suv bilan ta’minlanishni pasaytiradi (qishloq xo‘jaligining 90 foizi sun’iy ravishda sug‘oriladi).
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2020-yilda bajarilgan tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotida 2020-yilda respublika hududida 53ta tabiiy favqulodda vaziyatlar qayd etilgan.
Tabiiy ofatlar natijasida YaIMga nisbatan bevosita iqtisodiy yo‘qotishlar 0,024 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonning atmosferaga CO2 chiqindilarining global hajmdagi ulushi 2018-yilda 0,27 foizdan 2019-yilda 0,25 foizgacha kamaydi.
Milliy vazifalar
13.2-vazifa. Iqlim o‘zgarishiga qarshi-ta’sir choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish.
13.3-vazifa. Odamlar va muassasalar, tashkilot va korxonalarning iqlim o‘zgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining tavakkalchiligidan erta ogohlantirish bo‘yicha xabardorligini oshirish, ma’lumotlarning tarqatilishini hamda imkoniyatlarini yaxshilash.
Milliy ko'rsatkichlar
№ | MILLIY KO'RSATKICHLAR | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 |
1 | Indikator 13.2.1.1. Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, iqlim barqarorligi darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va harakatlar bo‘yicha rivojlanish strategiyalari hamda kompleks dasturlarining mavjudligi. | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | - | 2 | 2 | 15 | 8 | 9 |