Joriy yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura binosida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining “Samarali boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha ekspertlar guruhi a’zolari ishtirokida O‘zbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy Milliy Hisoboti loyihasi muhokamasi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda vazirlik va idoralar, BMT agentliklari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Agentlikning Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi mutahassissi Aleshunina Olga Vladimirovna tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari monitoringi doirasida olib borilayotgan ishlar, statistika sohasidagi islohotlar hamda Ixtiyoriy Milliy Hisobot loyihasini tayyorlash jarayonida foydalanilgan rasmiy statistik ma’lumotlar to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.
Shuningdek, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining “Samarali boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha ekspertlar guruhi a’zolari hamda BRM vazifalari va indikatorlari uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar xodimlarining Ixtiyoriy Milliy Hisobot loyihasi yuzasidan fikr va mulohazalari almashildi.