Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish hamda milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning sifatli bajarilishi, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda — Milliy maqsad va vazifalar) 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq;
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda tarmoqlararo muvofiqlashtirish va integratsiyalashgan yondashuvni ta’minlash maqsadida ekspert guruhlarining (keyingi o‘rinlarda — Ekspert guruhlari) yangilangan tarkibi 4 — 9-ilovalarga muvofiq;
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo ishchi guruh) yangilangan tarkibi 10-ilovaga muvofiq;
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Moliyalashtirish bo‘yicha ishchi guruh) tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.